Maxfiylik siyosati
Masjid Time ilovasi
Ushbu sahifada Masjid Time ilovasi qanday ma'lumotlarni to'playotgani va ulardan
qanday foydalanilayotgani oddiy tilda tushuntiriladi.
Kirish
- Ilovani akkauntsiz ham ishlatish mumkin (masjidlar va vaqtlarni ko'rish). Vaqt yuborish va imomlik arizasi uchun kirish kerak.
- Telegram orqali kirishda botga yuborilgan telefon raqamingiz va Telegram foydalanuvchi ID'ingiz saqlanadi (Telegram ismingiz yoki suratingiz olinmaydi).
- Google orqali kirishda Google hisobingizning email manzili va ismi saqlanadi (parolingizga kirish yo'q).
Masjid vaqtlarini yuborish
- Namoz vaqtlarini yuborganda, jamoat taxtasining suratini yoki qo'lda kiritilgan vaqtlarni serverimizga yuborasiz — bular boshqa foydalanuvchilarga ko'rsatish uchun saqlanadi.
- Surat masjid hududida olinganini tasdiqlash uchun o'sha lahzadagi GPS koordinatangiz va aniqligi ham surat bilan birga saqlanadi.
Uchinchi tomon xizmatlari
- Vaqtlar taxtasi surati matnni o'qish uchun sun'iy intellekt xizmatiga (Anthropic) yuboriladi — faqat vaqtlarni aniqlash uchun, ular suratni o'z maqsadlarida ishlatmaydi.
- Xarita Google Maps orqali ko'rsatiladi, Google orqali kirish Google xizmati bilan ishlaydi — ular o'z maxfiylik siyosatlariga muvofiq ishlaydi.
- Qur'on tilovati tinglanganda audio fayllar ommaviy manba (cdn.islamic.network) dan yuklanadi.
Imomlik arizasi
- Imomlik arizasi bilan yuklagan hujjatingiz (guvohnoma va shunga o'xshash) faqat moderatorlarga ko'rinadi.
- Bu hujjat hech kimga berilmaydi, ochiq e'lon qilinmaydi va siz bilan bog'lanish uchun ishlatilmaydi — faqat arizani tekshirish uchun.
Joylashuv
- Yaqin atrofdagi masjidlarni topish uchun qurilmangizdagi taxminiy joylashuv aniqlanadi.
- Qidiruv so'rovi bilan bu koordinata serverga yuboriladi (natijani hisoblash uchun kerak), lekin serverda saqlanmaydi — javob qaytarilgach darhol unutiladi.
Bildirishnomalar
- Namoz vaqti eslatmalari qurilmangizning o'zida (lokal) ishlaydi — buning uchun serverdan hech qanday push xabar yuborilmaydi.
Reklama va ma'lumotlarni sotish
- Ilovada reklama yo'q.
- Ma'lumotlaringiz hech qanday uchinchi tomonga sotilmaydi va ular bilan almashilmaydi.
Ma'lumotlarni o'chirish
Hisobingizni ilovaning o'zida o'chirishingiz mumkin: Profil → "Hisobni o'chirish".
Ilovasiz o'chirish yo'li: /account-deletion sahifasi yoki
masjidtimeinfo@gmail.com manziliga yozing.
Bog'lanish
TECHBOR MChJ
Email: masjidtimeinfo@gmail.com
На русском (кратко)
Для входа используется номер телефона (через Telegram-бота) либо аккаунт Google (email и имя).
Мы храним отправленные вами фото и время намаза, а также GPS-координаты фото —
чтобы подтвердить, что снимок сделан у мечети. Документы для заявки на имама видят
только модераторы, они никому не передаются и не используются для связи с вами.
Приблизительное местоположение для поиска ближайших мечетей отправляется на сервер
только для этого запроса и не сохраняется. Уведомления работают локально на
устройстве. Фото доски отправляется ИИ-сервису (Anthropic) только для распознавания времени; карта — Google Maps; аудио Корана загружается с cdn.islamic.network. Рекламы нет, данные не продаются. Аккаунт можно удалить в приложении (Профиль → «Hisobni o'chirish») или
по инструкции на странице /account-deletion, либо написав на
masjidtimeinfo@gmail.com.